A
x up auto down

KOMPANIYANI TARIXI

"Asl Oyna" AJ Markaziy Osiyoda shisha idishlar  ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona hisoblanib, O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida joylashgan.

Jahon andozalariga javob beruvchi shisha idish ishlab chiqarishni taminlash, mana shu asosda raqobatbardosh meva-sabzavot va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish hamda tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida 2001 yili “O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK tomonidan "Asl Oyna" OAJga asos solindi.

2002-2004 yillar davomida Asl Oyna va "Heye International "  kompaniyasi bilan texnologik uskunalar yetkazib berish va uni ishga tushirish uchun 22 551.55 ming evroik shartnoma tuzildi. Loyiha Nemis banki tomonidan Milliy bank orqali moliyalashtirildi. Biroq aylanma mablag’larni yetishmasligi sababli zavod qurilishi 2008 yilgachon to’xtab qoldi.

2008-2009 yillari “MEHNAT” Agrofirmasi korxona aktsioneriga aylandi va zavod qurilishini tugatish uchun 6.0 mlrd.so’mlik investitsiya kiritdi.

Kompania 2009 yil oktyabrda ishga tushirildi. Ishchi va xodimlarining dastlabki soni 350 kishini tashkil qildi.

Uzluksiz rivojlanish va ishlab chiqarishni kengaytirish qisqa muddat ichida ajoyib natijalarga erishish imkonini berdi. Kompaniya "Heye International "  (Germaniya) kabi Evropaning etakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnologik asbob-uskunalari bilan jihozlangani korxonaning dastlabki yillaridan asosiy raqobat ustunligi bo’lib qoldi. Bundan tashqari kompaniyaning ustunligi sifatida quyidagi omillarni keltirish mumkin: uzluksiz ravishda ishlab chiqarish va boshqarishni takomillashtirish, etakchi Evropa kompaniyalari bilan tajriba almashish va shisha ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish.

Shu davrdan boshlab u jadal rivojlana boshladi:                     

2011 yilda kompaniya xalqaro standarti bo'yicha ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimini joriy etdi. 2014 yilning fevral oyida «ASL OYNA»ning majlislar zalida kompaniyaga xalqaro Sifat sertifikati ISO 9001:2008 tantanali topshirildi. Taqdimotda rahbarlar va korxona xodimlari, shuningdek xalqaro sertifikatlash organi "Russkiy registr» vakillari ishtirok etdi, marosim davomida tizimni joriy qilish va amalga oshirish natijalariga yuksak baho berildi.  

2014 yili mart oyidan korxona NNPB texnologiyasi asosida engil shisha idishlar ishlab chiqarish boshlandi, bunda  mahsulotning iste'mol xususiyatlari va sifati saqlanib, shisha og'irligi  15-20%ga kamaytirish imkoni bo’ladi. Bu texnologiyani joriy etish “Heye International” GmbH (Germaniya) bilan qilingan hamkorlik tufayli amalga oshirildi.

2014-2016 yillarda aksiyadorlik kompaniyasi joriy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun 120 tonna/sutkasiga 2-shisha pishirish pechini qurish uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Yevropaning ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan 2-quvvat 2017 yil fevral oyida ishga tushirildi.

« ASL OYNA » AJ erishilgan natijalar bilan chegaralanib qolmaydi, rejada yangi g'oyalar va ufqlar belgilangan bo’lib, ularni xayotga tadbiq etish ustida islamoqda. 

Hamkorlar