A
x up auto down

KOMPANIYANI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Kompaniya strategiyasi – bu shunday kompleks boshqaruv rejasi bo’lib, u kompaniyaning bozordagi o’rnini mustaxkamlash va iste'molchilar talablarini qondirish, muvaffaqiyatli raqobatlashish hamda global maqsadlarga erishsishini ta’minlashi kerak. 

Rivojlanish strategiyasi shisha idishlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga, mahsulot sifatini saqlash va yaxshilashga qaratilgan. Iste'molchilar, kompaniya xodimlari,  aktsiyadorlar va jamiyat oldidagi javobgarlikni his qilgan holda, "Asl Oyna" AJ  strategik maqsadi qilib – Markaziy Osiyoda yetakchi o'rinni egallash, doimo ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta'minlash, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish belgiladi. 

Korxona o’z maqsadlariga erishish uchun ish unumdorligini oshirmoqda, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirib, ishchilar farovonligini  ta’minlash ustida tinimsiz ishlamoqda.

Bizning asosiy boyligimiz – bizning xodimlar  va mutaxassislarimiz hisoblanadi, ular o`zlari ishlab chiqarayotgan har bir mahsulotga qalbining bir qismini joylashadi. ….

Zamonaviy texnologik uskunalar oddiy xodimdan boshlab direktorgacha bo`lgan har bir qo`li gul ishchi-xodimning sifatli mahsulot yaratishi ushun oddiy bir vositadir.

Biz erishilgan natijalar bilan chegaralanib qolmaymiz, biz jahon tendentsiyalari bilan hamqadam bo`lishni istaymiz! 

Barqaror sifat - kompaniyaning asosiy faoliyat tamoyili hisoblanadi. 

Hamkorlar