A
x up auto down

kompaniya bugungi kunda

«ASL OYNA» AJ – Markaziy Osiyoda etakchi shisha idishlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri bo’lib, Toshkent shahrida joylashgan. Mahsuloti  o’z  xarakteristikasi bo’yicha jahon standartlariga javob beradi. Korxona dunyoning ilg’or o’rinlarida turuvchi shisha sanoati asbob-uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Germaniyaning "Heye International GmbH" kompaniyasi uskunalari bilan jihozlangan.

Korxona 2009 yil oktyabrda ishga tushirildi. Xodimlar soni 350 kishidan ortiq. Shishaga ishlov beruvchi mutaxissislarimiz Germaniyada kerarli o'quv va amaliyotlarni o'tab kelgan. 2011 yildan kompaniya boshqaruv tizimida xalqaro standart ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimi joriy qilingan. «ASL OYNA» zavodida Markaziy Osiyoda yagona ignali rekuperator ega shish pishirish pechi o'rnatilgan o’rnatilgan bo’lib, u boshqa pechlardan ancha tejamkor energiya iste'moli va ekologikligi bilan ajralib turadi. Avtomatlashtirish tizimi butun ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni xom-ashyolarni pechga  to'ldirish va ularni eritishdan boshlab to tayyor mahsulotlarni qadoqlashgachon bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati sababi bu uning asosan mahalliy xom-ashyo va materiallardan mahsulot ishlab chiqarishidir. Shisha ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyolar – qum, dolomit, oxaktosh, kaltsiyli soda mamlakatimizda mavjud. Korxona quvvati 150 t/sutkasiga yoki yiliga 108,0 mln dona tayyor mahsulot tashkil qiladi. Dastlab faqat rangsiz shisha idishlar qilish rejalashtirilgan edi, ammo jigarrang va yashil shisha idishlarga talabning oshishi bu turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqarishga olib keldi. Kompaniya 250 ml.dan 1 litrgacha bo’lgan turli shakldagi shisha idishlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga egadir. 

Kompaniya 150 dan ortiq turli shakldagi qoliplarga ega. Bu qoliplar o’z navbatida 200 dan ortiq kombinatsiyalar yaratish imkononi beradi, shuningdek qoliplarni tiklash va tozalash uchun uskunalarga ham egadir. Korxonaning shisha mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasi 2014-2016 yillarda “Mahalliylashtirish” Dasturiga kiritilgan. ASL OYNA 2014 yildan 15-20%gacha shisha og'irligini kamaytirish imkonini beruvchi NNPB - engil idishlar texnologiyasi asosida mahsulot ishlab chiqarishni boshladi. Bu texnologiyani joriy qilish “HEYE International” GmbHning (Germaniya) yaqindan bergan yordami tufayli amalga oshirildi. 

Ayni paytda  «Asl Oyna» AJ mahsulotlari yuqori sifati sabab, shisha idishlar iste’mol qiluvchi kompaniyalar orasida keng tanilgan, bular: "Efes Qozog'iston» XK, Carlsberg Qozog'iston, «UzCarlsberg» MChJ "Kamhar" QK, "Afsar», Agrofirma "Mehnat", "Praga-Rivo" MChJ (Samarqand), «Toshkentvino» AJ, «Inter-Roxat» QK, «FAR-VAB» QK, "Farovon" MCHJ,  "O'zbekiston Shampani", "Beauty Glass Decor" va boshqalar.

«Asl Oyna» AJ mavjud quvvatlarni kengaytirish maqsadida 2014-2016 yillari investitsiya dasturi kiritildi va ushbu loyihani amalga oshirish uchun Evropa va AQSh shisha sanoatida asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish bo'yicha o’z o’rniga ega kompaniyalar o’rtasida tender savdolarini o’tqazdi. Tenderda loyiha uchun texnik talablardan kelib chiqqan holda Stara Glass (Italiya), BOTTERO (Italiya) va EME Maschinenfabrik Clasen GmbH (Germaniya) kompaniyalari tanlab olindi. Natijada 2017 yilning fevral oyida yangi 120 t / sutkasiga shisha erituvchi pech ishga tushirildi. Ishlab chiqarishning asosiy hajmini mijozlar talabiga asosan ishlab chiqariladigan eksklyuziv shisha idishlar tashkil etadi.

Korxona o'z faoliyatida sifat ustunligi tamoyiliga amal qiladi. Yuqori sifatli mahsulot va raqobatbardosh narx nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham etakchi o'rinlarni egallash imkonnini bermoqda.  «Asl Oyna» AJ ishlab chiqarish quvvatlarini va infratuzilmani uzluksiz rivojlantirishga, shuningdek korxona mutaxassislari malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Hamkorlar